{:uz}Ish jarayoni. Fargʼona viloyatining Quva tumani “Sultonobod” mahalla fuqarolar yigʼini{:}{:en}Work process. Quva District of Fergana region “Sultanabad” neighborhood citizens gathering{:}
Fargʼona viloyatining Quva tumani “Sultonobod” mahalla fuqarolar yigʼini vakillari olis hududlarni ichimlik suvi bilan taʼminlash ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida «Taraqqiyot» nodavlat notijorat tashkiloti vakillari hamkorligida Fargʼona viloyatining Toshloq tumanida joylashgan «MEGA POLIMER» polietilen quvurlar ishlab chiqarish korxonasida boʼldilar.


Mazkur tashrif doirasida ular polietilen quvurlar ishlab chiqarish jarayonlari, shuningdek xom ashyo sifati bilan ham tanishdilar. Ularga ish jarayonlarining barcha bosqichlari toʼgʼrisida batafsil maʼlumotlar berib oʼtildi. Korxona rahbariyati tomonidan mehmonlarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar ham qaytarildi. Ushbu korxonada ishlab chiqarilayotgan quvurlar yuqorida nomi zikr etilgan loyiha doirasida “Sultonobod” mahalla fuqarolar yigʼiniga yetkazib berilishi koʼzda tutilmoqda.
{:}{:en}Representatives of the «Sultanabad» neighborhood Citizens ‘ Assembly of the Quva District of Fergana region visited the «MEGA polymer» polyethylene pipe production enterprise located in the Tashlak district of Fergana region in cooperation with representatives of the non-profit organization «Taraqqiyot» within the framework of the social order project to provide drinking water to remote regions.

