{:uz}“Mallachek” mahalla fuqarolar yigʼini hududiga tortilgan ichimlik suvi tarmogʼi orqali aholiga sinov rejimida suv berish boshlandi{:}{:en}Mahallachek article English variant will be here{:}
Аndijon viloyatining Baliqchi tumani “Mallachek” mahalla fuqarolar yigʼinida olis hududlarni ichimlik suvi bilan taʼminlash ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida mazkur yaholi yashash punktining butun hududi boʼylab sinov rejimida ichimlik suvi uzatilmoqda. Ixtisoslashgan mutaxassislar tomonidan butun ichimlik suvi tarmogʼining ishga tayyorligi nazoratda ushlab turilibdi, shuningdek yuzaga kelayotgan texnik nosozliklar tezkorlikda aniqlanib, bartaraf qilib borilmoqda.


Bu ishlar mazkur hududda pudratchi tashkilot sifatida faoliyat olib borayotgan «Bunyodkor trans servis» MChJ tomonidan «Taraqqiyot» nodavlat notijorat tashkiloti hamkorligida amalga oshirilmoqda.

Loyihaga koʼra, hududga 18200 metr ichimlik suvi tarmogʼi tortildi.


Bugungi kun holatiga xududdagi 572 ta xonadonlarning 468 tasi tarmoqqa ulangan.

Mahalliy aholi vakillari hududlariga tortilgan yangi ichimlik suvi tarmogʼi orqali xonadonlaridagi joʼmraklardan oqayotgan toza ichimlik suvining dastlabki tomchilarini katta quvonch va ishtiyoq bilan kutib oldilar.


Hozirda hududda qurilish ishlarini toʼliq nihoyasiga yetkazish chora-tadbirlari koʼrilmoqda.
{:}{:en}There will be content on english
{:}