Skip links

{:uz}»Yangi hayot» o‘z nomiga munosib hududga aylanmoqda{:}{:en}»New life» is becoming a territory worthy of its name{:}

{:uz}Bugun Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi «Yangi hayot» mahalla fuqarolar yig‘inida ham katta tantana, sababi ushbu hududda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash loyihasi muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Olis hududlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash ijtimoiy buyurtma loyihasi doirasida «Taraqqiyot» nodavlat notijorat tashkiloti va O‘zuyjoykommunalxizmat vazirligi hamkorligida olib borilgan ishlar natijasida vujudga kelgan yana bir inshootni rasmiy ishga tushirilishi marosimida O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri Sherzod Hidoyatov, «Taraqqiyot» NNT hamda pudratchi tashkilot mas’ullari, mahalla ahli va faollari ishtirok etdilar. Tadbir doirasida aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlarga yuqori baho berish bilan birgalikda, hududda amalga oshirilgan loyiha va shu kabi boshqa loyihalarning aholining turmush darajasini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda ularni yillar davomida qiynab kelgan qator muammolarni hal qilish, aholi salomatligini ta’minlash yo‘nalishida muhim ahamiyat kasb etishiga alohida urg‘u berib o‘tildi. «Toza ichimlik suvi tarmog‘i bilan mahallamizga xuddi yangi hayot kirib kelgandek bo‘ldi», deydi «Yangi hayot»liklar.

⇒ VIDEO

{:}{:en}

Today, at the «Yangi Hayot» neighborhood citizens ‘ meeting in the fishing district of Andijan region, a project to provide clean drinking water to the population in this area has been successfully completed.

The ceremony of the official launch of another facility, which arose as a result of the joint work of «Taraqqiyot» NGO and the Ministry of Housing and Communal Services of the Republic of Uzbekistan within the framework of the social order project to provide drinking water to remote areas, was attended by the Minister of Housing and Communal Services of the Republic of Uzbekistan Sherzod Hidoyatov, responsible persons of «Taraqqiyot» NGO and contracting organization, residents and mahalla activists

Within the framework of the event, along with a high assessment of the work carried out in our country to provide the population with clean drinking water, special emphasis was placed on the importance of the project being implemented on the territory and other similar projects in the direction of improving the standard of living of the population, solving a number of problems in socio-economic issues that have plagued them for many years, ensuring health population.

«With a network of clean drinking water, it has become as if a new life has entered our neighborhood,» says the «Yangi hayot»citizens.

⇒ VIDEO

{:}
uz_UZUzbek
Explore
Drag